• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda maktab formasi: tajriba-sinovdan keyingi fikr va takliflar (foto)

    O‘quvchilar uchun qulay, sifatli va milliy faxr bo‘la oladigan maktab formalarini yaratish ustida ish olib borilmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xabarida.

    Masalaga davlat miqyosida e’tibor qaratilmoqda, jarayonga pedagoglar, ota-onalar, psixologlar, yosh va tajribali dizaynerlar, bolalar shifokorlari hamda liboslar bo‘yicha mutaxassislar jalb etilgan. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari qator xorijiy davlatlardagi tabiiy mato ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoni bilan tanishib, tajriba orttirib qaytdi. Pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarning fikri o‘rganilgach, malakali dizaynerlar ishtirokida 10 xil forma namunasi tayyorlandi. Liboslar 3 yosh guruhiga bo‘lingan holda, ya’ni 1—4, 5—8 va 9—11-sinf o‘quvchilari uchun alohida-alohida bichimda joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Shu yilning mart-may oylarida maktab formasi namunalari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 91- hamda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 4-maktabda tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Jarayonda ota-onalarga maxsus so‘rovnoma tarqatilib, maktab kiyimlari (qizlar uchun kofta, yubka, nimcha va kostyum; o‘g‘il bolalar uchun ko‘ylak, shim, nimcha va kostyum kabi)ning holati (qaysi sanada yuvilgani, yuvilgandan keyin matoda kuzatilgan o‘zgarish, materialning dazmolni qay darajada olishi) qayd etib borildi.

    Quyida tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagog, ota-ona va o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini havola etamiz.

    1-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    1-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Nodira Boboqulova, Sardoba tumanidagi 4-maktabning boshlan­g‘ich sinf o‘qituvchisi:

    — Boshlang‘ich ta’limda 4 xil mato, rang va bichimga ega maktab formasi sinovdan o‘tkazildi. Jarayonda liboslarning ayrim noqulayliklari ham ko‘zga tashlandi. Masalan, 1-sinf formasi chiroyli, qulay va 100 foiz tabiiy matodan tikilgan. Dazmol qilish biroz qi­yinligini aytmasa, ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Qizlar koftasining bo‘yinbog‘i o‘ziga xos bo‘lib, bu elementni barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchi-qizlari uchun joriy etishni tavsiya qilaman.

    2-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    2-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Shohida Rahmonova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktab o‘qituvchisi:

    — Maktab formasining rangi juda chiroyli tanlangan. Biroq ikki-uch yuvgach, matoning sifati o‘zgarib, yuza qismida pitiqchalar hosil bo‘ldi. Bundan tashqari, qalinligi bois aprel-may oyida koftaning ustidan kiyiladigan nimcha noqulaylik tug‘dirdi. O‘g‘il bolalarning oq ko‘ylagi va qizlarning koftasi ham qalin matodan tikilgan. Fikrimcha, kofta yupqa va tabiiy matodan, issiq va sovuq kunlar uchun alohida-alohida tayyorlanishi lozim. Shaxsan men o‘quvchilarning yil davomida bir xil — qalin koftada yurishini istamasdim. Qolaversa, kiyim qulay, salomatlikka bezarar, xushbichim bo‘lishi lozim.

    3-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    3-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Zarima Sherisiddinova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi:

    — To‘q ko‘k rangdagi 3-sinf o‘quvchilari maktab formasining bichimi ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Biroq koftaning dazmol olishi qiyinroq bo‘lib, ba’zida kostyum va nimchaning rangi oq ko‘ylak va koftaga chiqqani ko‘zga tashlandi. Lekin kost­yum o‘quvchilarimiz egnida juda yarashdi, ota-onalarga ham ma’qul keldi.

    4-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    4-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Ozoda Yo‘lchiyeva, Sardoba tumanidagi 4-maktabning boshlan­g‘ich sinf o‘qituvchisi:

    — 4-sinf o‘quvchilari kiygan oq ko‘ylak, to‘q ko‘k rangli shim, sarafan, nimcha va bardo rangli bomberdan iborat forma dizayni, rangi ma’qul bo‘lsa-da, matosining sifati yaxshi bo‘lmagani bois, ayrim noqulayliklar ko‘zga tashlandi. Misol uchun, o‘quvchi-qizlarimiz kiygan sarafan tepaga ko‘tarilib ketadi. Yuvilganda materialning yuza qismida ham pitiqchalar hosil bo‘ldi. Lekin ustki qismidagi jigarrang bomber ko‘tarinki kayfiyat ulashib, shijoat bag‘ishlaydi. Uni ham qattiqroq tabiiy matodan tikish lozim. O‘tgan uch oy davomida ayrim o‘quvchilarniki tez-tez yuvilganligi bois, bo‘shashib, xushbichimligiga biroz putur yetdi.

    5-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    5-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Dilrabo Ostonova, Sardoba tumanidagi 4-maktab o‘qituvchisi:

    — 5-sinf o‘quvchilari kiyimi (oq ko‘ylak, kulrang nimcha, shim va kos­tyum (o‘g‘il bolalarda) hamda oq kofta, to‘q ko‘k rangli yubka, nimcha va kostyum (qizlarda) o‘quvchi va ota-onalarga ma’qul bo‘ldi. Biroq bir necha bor yuvilgach, formaning yuza qismida pitiqchalar hosil bo‘ldi.

    6-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    6-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Umrboy Abdullayev, Sardoba tumanidagi 4-maktab o‘qituvchisi:

    — Forma tarkibidagi jemper yuvilgandan so‘ng cho‘zildi. Bola ustida "bo‘shashib" turadi. Bu esa ko‘rgan insonda o‘quvchi haqida jiddiy taassurot uyg‘otmaydi.

    7-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    7-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Alimbek Qo‘shmurodov, Sardoba tumanidagi 4-maktab direktori:

    — 7-sinf o‘quvchilarining maktab formasi ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Matosining sifati va bichimi ham talabga javob beradi. Qizlar uchun mo‘ljallangan yubka burmali bo‘lib, pidjagining old qismi surmalidir. Fikrimcha, ushbu forma jamlanmasidagi qizlar va o‘g‘il bolalarning pidjak, yubka va shimi rangi bir xil bo‘lsa, yanada chiroyli ko‘rinadi.

    8-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    8-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Sevinch Jumanazarova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabning 8-sinf o‘quvchisi:

    — Bizga oq kofta, qizil nimcha, to‘q ko‘k rangli shim, yubka va bomber tavsiya etildi. Aksariyat dugonalarimga yubkaning fasoni, ustki bomberning yeng, bo‘yin va bel qismidagi qizil rezinali qismi unchalik ma’qul bo‘lmadi.

    9-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    9-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Ahmad Irisov, Sardoba tumanidagi 4-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dinora Ahmadovaning bobosi:

    — Nabiramning maktab formasi uchun tanlangan och sariq rang unchalik ma’qul bo‘lmadi. Mato tarkibida tabiiy paxta foizi juda kam. Bu issiq cho‘l hududida joylashgan Sirdaryo viloyati uchun yanada noqulay.

    10-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    10-sinf maktab formasi namunasi. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Nodira Qosimova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktab o‘quvchisi Dilshod Qosimovning onasi:

    — 10-sinf o‘quvchilari formasining dizayni va bichimi ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Ko‘ylagi va koftasi havo o‘tkazuvchan, yaxshi dazmollanadi. Ammo sinov jarayonida kichik kamchiligi — kostyum rangining oq ko‘ylak va koftaga o‘tishi ko‘zga tashlandi.

    — Ayni kunda tajriba-sinov o‘tkazilgan maktablardan o‘quvchilar, sinf rahbarlari va ota-onalarning fikr-mulohazalari bildirilgan so‘rovnomalar yig‘ib olindi, — deydi Xalq ta’limi vazirligining ma’naviy-axloqiy tarbiya, bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Hikmatilla Daminov. — “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xodimlari, dizaynerlar, libos ustalari va Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari takliflarni o‘rganmoqda. Yaqin vaqtlarda ular maktab formasini yaratish yuzasidan o‘z xulosalarini taqdim etadi va yuqoridagi maktab formalari namunalarining yaxshi jihatlari o‘zlashtirilgan holda boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun yosh xususiyatlari inobatga olingan holda, tanlash imkoniyatini beruvchi ko‘p variantli maktab formalari yaratiladi.

    07.06.2018, 09:13   Izoh (0)   73666
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moliya vazirligi tizimida ikki oyda 52 nafar rahbar tayinlandi

    07.06.2018, 08:59

    O‘zbekistonda yoshlar fikrini o‘rganadigan elektron platforma ishga tushiriladi

    07.06.2018, 08:29

    Samarkand City Xitoy Ipak yo‘li fondi bilan birgalikda quriladi

    07.06.2018, 08:05

    Afg‘onistonda GM Uzbekistan avtomobillari yig‘iladi

    07.06.2018, 07:18

    Namanganda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar  boshlandi

    06.06.2018, 23:45

    Milliy bank Xitoy Eksimbanki bilan 500 mln dollarlik bitim imzoladi

    06.06.2018, 23:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40

    O‘zbekistondagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 12:23

    “Barbi” rejissyori “Narniya yilnomalari”ning yangi qismini suratga oladi

    Kino | 12 avgust, 12:17

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    AQSH va Xitoy savdo muzokaralari 90 kunga kechiktirildi

    Dunyo | 12 avgust, 12:03

    OpenAI GPT-5 taqdimotining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng GPT-4o ni qaytardi

    Layfstayl | 12 avgust, 11:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.