Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 3-iyun kuni ro‘y bergan YTHda ota-bola halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Shu kuni Oqtunli qishlog‘ida yashagan A.J. VAZ-21063 rusumli mashinasini qishloq ichki yo‘lida haydab ketayotganida, avtomobilning orqa reaktiv tyagasi chiqib ketib, yo‘l chetiga ag‘dariladi.
A.J. jarohat olib voqea joyida halok bo‘ldi. Uning mashinada birga bo‘lgan qizi kasalxonaga keltirilganida olamdan o‘tdi.
Izoh (0)