Shimoliy Koreyada Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir paytda uch nafar oliy harbiy mansabdor o‘z lavozimidan bo‘shatildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, KXDR qurolli kuchlarida Kim Chen Inning Janubiy Koreya va AQShga munosabati tufayli ziddiyatlar yuzaga kelgan.
O‘z lavozimlaridan mudofaa boshlig‘i Pak Yun Sik, Koreya xalq armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Ri Myon Su va siyosiy byuro direktori Kim Chen Gak ajralgan.
Izoh (0)