Dubaydagi Tamveel minorasida yashovchi oilalar 2-iyun, shanba kuni yaqin orada joylashgan qurilish maydonida mehnat qilayotgan 400 dan ortiq ishchiga “Ramazon xaltalari”ni ulashdi, deb yozadi UAE Inside.
Tamveel minorasida yashovchi 45 nafar katta-kichik fuqaro bir necha kun avval yig‘ilib, eski futbolkalardan xaltalar tikdi, ularga suv, sharbat, sut, quritilgan xurmo va tez buzilmaydigan boshqa oziq-ovqatlarni solib, xayriya sifatida tarqatdi.
Tamveel minorasida yashovchi oilalar 2012-yilda ular istiqomat qiladigan binoning bir qismi yonib ketganidan keyin birlashib, shunday tashabbuslarni uyushtirib turadi.
Izoh (0)