KXDR Koreya Respublikasini Janubiy Koreya — Amerika Ulchi Freedom Guardian harbiy harakatlari va RIMPAC ko‘p tomonlama harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etishni rejalashtirayotgani uchun tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi “TASS”.
“Shimol va Janub oldida Pxanmunjom deklaratsiyasiga muvofiq harbiy ziddiyatni kamaytirish hamda Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatishdek muhim vazifa turibdi. Dialog va konfrontatsiya bir-biriga muvofiq kelmaydi”, — deyiladi xabarda.
20 ta mamlakat ishtirokidagi RIMPAC manyovrlari 27-iyundan 2-avgustga qadar davom etadi.
Izoh (0)