Eksportchilarning yoppasiga va rejasiz harakati natijasida bugungi kunda Rossiyaning Moskva shahrida 120 vagondan ortiq gilos yig‘ilib qoldi. Bu haqda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu holat mevaning narxi tushib ketishiga olib keldi.
“Bunday chuqur o‘ylanmagan yondashuv oqibatida eksport qiluvchi foydadan mahrum bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)