Fransuzlar o‘z qo‘shnilari — shveysariyaliklar pul tejab qolish maqsadida chiqindilarini ularning mamlakatiga tashlab ketayotganidan shikoyat qilmoqda. Gap shundaki chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun Shveysariya aholisi kattagina pul to‘lashi lozim, deb xabar berdi Euronews.
Joriy yil boshidan buyon Fransiyaning Fransh-Konte hududi hukumati xorijdan 10 tonna “iflos chiqindi” olib kelinganini ma’lum qildi. Bunga isbot sifatida chiqindixonalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridagi videolar ham keltirib o‘tilgan. Kadrlardan ko‘rish mumkin, Shveysariya davlat raqamlari ilingan mashinalarda kelgan shaxslar yashirincha chiqindi qoplarini tashlab ketmoqda.
Fransuz huquq-tartibot xodimlari “chiqindi tarifi”ga qarshi kurashishga qodir emas. Ular video dalillarni shveysariyalik hamkasblariga yuborib “jinoyatchilar”ning jazolanishiga umid bildirmoqda.
Izoh (0)