• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiy viloyatidagi abadiy tebranuvchi tosh haqida eshitganmisiz?

    O‘zAda jurnalist Tolibjon Nizomovning Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Sangijumon qishlog‘idagi ajabtovur tosh haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yurtimiz tabiati g‘oyat go‘zal va rang-barangdir. Fusunkor go‘shalar, ajoyib maskanlar har doim kishini o‘ziga rom etadi. Shiddatli quyunlarning bir zumda daryo va ko‘llar suvini “ho‘p”lab ketishi, “kuylovchi” toshlar, “uvillovchi” tepaliklar, “musiqali” qoyalar, “rangli” adirlar, “tebranuvchi” xarsanglarni tomosha qilgan kishi olam-olam taassurot oladi.

    Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Sangijumon qishlog‘iga tashrif buyursangiz, tabiatning betakror mo‘jizasidan hayratga tushasiz. Chashmalardan qaynab chiqayotgan zilol suvlar, toshdan-toshga urilib pishqirib oqayotgan ariqlar, yam-yashil maysalar, qir-adirlarga poyondoz bo‘lib to‘shalgan alvon-alvon gullar bahridilingizni ochadi. Shu bois issiq kunlar boshlanishi bilan bu qishloqdan ziyoratchilar qadami uzilmaydi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Oqtov yon-bag‘rida bepoyon kengliklar bilan tutashib ketgan qishloqda noyob – tebranuvchi tosh bor. Uning mo‘jizaligi shundaki, vazni 280 tonnadan ziyod bu toshni 12-14 yoshli o‘spirin ham bemalol qimirlata oladi. Qozonsimon bu xarsangning tebranganini sezish uchun yo soya kerak yoki toshning biqiniga bir cho‘p tirash kifoya. Hatto kuchli shamolda ham tabranuvchi bu toshning nomi – “Sangijumon”. Qishloq ham, mahalla ham shu nom bilan ataladi.

    Tebranuvchi tosh – tabiatning nodir mo‘jizasi. Bunday toshlar dunyo bo‘yicha Sangijumondan tashqari Buenos-Ayres va Quddus shaharlarida bor, xolos.

    Lekin shuni ta’kidlash kerakki, sayyoramizdagi boshqa birorta tosh na hajm, na tebranish va na amplituda jihatidan sangijumon toshlariga tenglasha oladi.

    Arxeologlarning ta’kidlashicha, Sangijumon 280 million yil avval yer qa’ridan ko‘tarilgan suyuq va qaynoq magmatik jinslardan paydo bo‘lgan. Ular o‘z vaqtida yer qobig‘ini yorib chiqa olmasdan, taxminan, 250 million yil avval ma’lum chuqurlikda qotib qolgan. Sodir bo‘lgan kuchli va murakkab tektonik harakatlar hamda eroziya natijasida massivning to‘shi ochilgan. Bu yerdagi jinslar bundan kamida 10 ming yillar ilgari yuzaga chiqqan.

    Dengiz sathidan 800—900 metr balandlikda joylashgan bu xarsang darani qoplab yotgan granit toshlarning yirik bir bo‘lagi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Toshning taxminiy hajmi 75—78 kub metr, og‘irligi esa 280 tonnadan ziyod.

    – Tosh atrofi granit bo‘laklari, qum va gilsimon jinslar bilan qoplangan, – deydi tarixchi olim Ziyovuddin Qo‘ziyev. – Xarsangning o‘rni g‘arb tomonga 5—10 gradus chamasi qiya tushgan. Uning aylanasi 20 metr, diametri 9, balandligi esa 6 metrga yaqin. Toshning g‘arbiy tomoni ko‘p yemirilgan. Unda har xil chuqurliklar, izlar, ko‘zanakli to‘qimalar bor. Xarsangning beli ikki joyidan ko‘zdek o‘yilgan. Ularning uzunligi 2 metr, eni 1,5 metrga yaqin, chuqurligi 30—60 sm. “Ko‘zlar”ni ajratuvchi “burun”ning eni 1 metrdan ortiqroq, “ko‘zlari”ning pastki gardishi chuqur o‘yilgan. Atrofdan qaraganda xarsangtosh ko‘zoynak taqqanga o‘xshaydi.

    Toshni tomosha qilgani kelgan mehmonlar dastlab uni: “Bir kishi qimirlata oladi”, degan gapga shubha bilan qarashadi. O‘zlari buni amalda sinab ko‘rgach, toshning haqiqiy mo‘jiza ekaniga tan berishadi. Hatto podadagi qoramollarning toshga ishqalanishi tufayli uning qimirlaganini ko‘rganlar bor.

    Oqtovda tez-tez bo‘lib turadigan kuchli shamollar chig‘ir, chaqa va har xil mayda toshlarni uchiradi. Shamol natijasida har xil predmet va jismlarga borib urilgan tosh va zarrachalar jismlarni yemiradi, silliqlashtiradi, turli shakllar yasaydi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Uzoq o‘tmishda, hatto hozir ham goh vodiydan, goh tog‘dan turli yo‘nalishda esadigan shamollar har xil zarrachalarni olib kelib Sangijumon xarsangiga urgan. Uchirilgan jismlar odatda shamolning pastki qatlamida, ya’ni yer yuzasiga yaqin qismida ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham toshning yuqori qismiga nisbatan pastki qismi ko‘proq yemiriladi. Jarayonning uzoq davom etishi natijasida toshning pastki qatlami o‘yilib ketadi. Xarsangning ustki qismi bilan asosini birlashtiruvchi “ustun”ning yemirilgani shundan. Tosh yerdagi yassi turdoshi ustida ingichka va o‘tkir uchli uzilgan tayanchda likillab turadi. Shu bois uni osonlikcha qimirlatish mumkin.

    Sangijumonliklarda yaxshi bir an’ana shakllangan: ziyoratga kelgan mehmonlarga tosh atrofidagi do‘lana va tut daraxti ostida bir piyola choy berilib, gurung qilinadi. Qimirloq tosh haqidagi hangomalar yodga olinadi.

    “Tebranuvchi va teshik toshning hurmati tufayli men ekkan kungaboqarlar qaysi tomonga o‘tsam, shu tomonga qarab menga salom beradi”, derdi rahmatli Yo‘ldosh bobo”, – deydi qishloq oqsoqoli Qahramon Boymurodov.

    “Qaysidir yili Rayim bobo elga osh berib, qimirloq tosh darasida ko‘pkari qilganida odam sig‘may ketgandi. O‘shanda Tasmachidan kelgan 15 nafar chavandoz qo‘shni qishloq – Xilboshida yashaydigan Qoraqul bobonikida qo‘noqlagandi. Abdulahad bobo hammadan erta uyg‘onib, tashqariga chiqayotsa, uy bekasi sellofan paket kiyib olib qurut ezayotgan ekan. Mehmonni ko‘rib xijolat bo‘lib turganida Abdulahad bobo: ‘Kelin, hech xijolat tortmang. Hovlitog‘a bilan menga shirchoy, qolganlarga qurtoba’, degan ekan”, – deydi Qilich Shaymatov.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Tebranuvchi toshning yaqinida ikkinchi sirli xarsang – Teshiktosh bor. U o‘tmishda tebranuvchi tosh bilan tutashib, ulkan qoyani tashkil qilgan. Qoya bilan tebranuvchi tosh o‘rtasidagi yo‘lakdan o‘tayotib osmonga qarasangiz, o‘zingizni xuddi 15—20 metrli quduq ichida turgandek his etasiz. Bu toshni uzoqdan ko‘rgan kishi uni xuddi qo‘nayotgan burgutga o‘xshatadi. Eng qizig‘i, toshning pastki qismida teshik bor. Shu bois mahalliy aholi tabiatning betakror mo‘jizasini “Teshik tosh” deb ataydi. Bu teshikdan o‘rta bo‘yli kishi bemalol o‘ta oladi. “Mana, necha asrdirki, bu teshik kishilarning gunohi bor yoki yo‘qligini isbotlab kelmoqda”, deya xazil qilishadi sangijumonliklar.

    Teshik tosh yonidagi yassi tosh ustidagi ulkan oyoq izlari xarsanglarning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalishidan dalolat. Ba’zi rivoyatlarda Nuh kemasi Oqtovning eng yuqori cho‘qqisi – Langar tog‘ida langar tashlagani ta’kidlansa, boshqa birida Sangijumon qishlog‘idagi mazkur tosh kemaga o‘xshash keng granit maydoncha ustida to‘fon suvi qaytganidan so‘ng yerga ilk qadam qo‘ygan payg‘ambarning izlari qolgani aytiladi.

    Bundan 300—400 metr g‘arbda balandligi 2 metrdan ziyod zamburug‘simon va kobraga o‘xshash toshlar ham mavjud. Bundan tashqari, Sangijumon qishlog‘ida yuzdan ziyod tabiatning noyob yodgorligi bo‘lgan toshlar – “Childirmatosh”, “Kabutartosh”, “Qizil egartosh”, “Elchibaydukan”, “Tegirmontosh”lar bag‘riga o‘yib yozilgan 6—7 ming yillik tarixga ega petrogliflar ibtidoiy san’atning nodir yodgorliklaridir.

    Xullas, boy tarixga ega xarsanglar, toshbitiklar tasavvurimizni insoniyatning tarixdan oldingi davrlariga boshlab ketadi va qalbimizni shajara zanjirimiz o‘sha zamonlardan beri uzilmay kelayotganidan hayratga to‘ldiradi.

    28.05.2018, 14:05   Izoh (0)   45757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda mumiyoga aylangan ayol jasadi topildi

    28.05.2018, 13:52

    Toshkentda o‘g‘lini pul evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan fuqaro 6 ming dollarga chuv tushdi

    28.05.2018, 13:40

    Norinda mini-marafon yo‘lga qo‘yildi. Bunga hokimbuvaning o‘zi bosh bo‘lmoqda

    28.05.2018, 13:40

    Namanganda 1500 dollar evaziga tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

    28.05.2018, 13:14

    O‘zbekiston fuqarolari vizasiz 59 ta mamlakatga borishi mumkin

    28.05.2018, 12:27

    Toshkentning Sayilgoh piyodalar ko‘chasiga patrul-post xizmati punkti o‘rnatildi

    28.05.2018, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.