Isroil qurolli kuchlari tomonidan G‘azo sektoriga uyushtirilgan hujum qurbonlari ko‘paydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishi tufayli boshlangan tartibsizliklar, kichikroq ko‘lamda bo‘lsa ham, davom etmoqda. Isroil qurolli kuchlari falastinliklarning noroziliklarini bostirish uchun tezkor otryadlar va chegara qo‘shinlaridan foydalanib kelgan bo‘lsa, endi tanklarni va aviatsiyani ishga soldi. Jumladan, mamlakat harbiy-havo kuchlari Twitter’dagi sahifasi orqali XAMASning G‘azo sektoridagi marralariga aviazarbalar berganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Rafah sharqidagi nazorat minorasi tanklar tomonidan o‘qqa tutildi. Obyekt G‘azoda humkron mavqega ega bo‘lgan XAMAS guruhiga tegishli edi.
Oldinroq buning oqibatida ikki falastinlik halok bo‘lgani bildirilgan edi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, yana bir kishi — 25 yoshli yigit shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Shu tariqa. Isroil hujumining qurbonlari soni uch kishiga yetgan.
Izoh (0)