Turkiya Rossiyadan tabiiy gaz uchun chegirma hisobidan bir milliard dollar oladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya 2015—2016-yillarda Rossiya tomondan yetkazib berilgan gaz uchun chegirma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, chegirma miqdori yetkazib berilgan gaz qiymatining 10,25 foizini tashkil qiladi.
Erdo‘g‘onning eslatishicha, Turkiya 2015-yilda Rossiyadan tabiiy gaz uchun chegirma so‘ragan. Moskva bu talabni qondirishdan bosh tortgan. Shundan keyin Turkiya Xalqaro arbitrajga murojaat qilgan.
Izoh (0)