AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qildi. Bu haqdagi xat 24-may kuni Oq Uyning Twitter’dagi sahifasida joylashtirildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
AQSh prezidenti 12-iyunga mo‘ljallangan uchrashuv bekor qilinishini Shimoliy Koreya tomonidan namoyish etilgan “ochiq dushmanlik” bilan tushuntirdi.
“Siz o‘z yadroviy imkoniyatlaringiz haqida gapiryapsiz, lekin bizning yadroviy imkoniyatlarimiz shunchalik kattaki, ular hech qachon ishlatilmasin deb Xudoga iltijo qilaman”, — ta’kidladi Tramp.
Izoh (0)