24-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda 15–17-may kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi hamda oliy va boshqa darajalardagi O‘zbekiston – AQSh muzokaralari natijalari yuzasidan fikr almashildi va erishilgan kelishuvlarni tatbiq etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)