Fransiyaning Marsel shahrida niqobli noma’lum shaxslar otishma uyushtirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
La Provence nashriga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi jabrlandi.
Politsiya hodisa joyini qurshab olgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni chechenistonlik Hamzat Azimov Parijda o‘tkinchilarga hujum qilib, bir kishini o‘ldirgan va politsiya tomonidan otib tashlanguniga qadar yana to‘rt kishini jarohatlagandi.
Izoh (0)