2018-yilning iyunida Xitoyning Sinyuan shahrida shishadan ishlangan eng katta ko‘rish maydonchasi ishga tushadi. Bu haqda “Nauka” kanali o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Ko‘rish maydonchasi 2 ta shishali uzun ko‘prikdan iborat. 202 metr balandlikda joylashgan ko‘priklar tog‘ bag‘ridan 72 metr masofoga cho‘ziladi. Ko‘prik oxirida doira shaklidagi panorama maydonchasi joylashgan.
Maydonchadan vodiy va atrofdagi sharsharalarni kuzatish mumkin.
Ko‘rish maydonchasi uch qavat shishali panellar bilan mustahkamlangan. Har bir panelning qalinligi 4,5 santimetr. Panellar 20 tonna yukni ko‘tarishi mumkin.
Izoh (0)