2019—2020-yillarda O‘zbekistonda internet-do‘konlar uchun logistik infrastruktura yaratiladi. Bu “Elektron tijoratni tez sur’atlarda rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining ilovasida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Spot.
2019-yil 1-iyuliga qadar FedEx, DHL, UPS va boshqa kompaniyalar bilan O‘zbekistonda ularning mintaqaviy xablarini yaratish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu elektron tijorat orqali keladigan tovarlar eksportini ko‘paytirishi kutilmoqda.
2019-yil 1-oktabriga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va “O‘zavtotrans” internet-do‘konlardan yetkazish xizmatini rivojlantirish choralarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
2020-yil 1-apreliga qadar tasdiqlanadigan normativ aktga binoan logistik infrastruktura yaratilib, davlat-xususiy hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi, mintaqaviy logistik markazlar paydo bo‘ladi, bu bilan uzoq mintaqalar aholisi internet-do‘konlar orqali mahsulot sotib olishi ta’minlanadi.
Izoh (0)