17-may, payshanba kuni AQSh Senati Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbari lavozimiga Jina Xaspel nomzodini tasdiqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Jina Xaspel 2017-yil fevralidan boshlab MRB rahbari Mayk Pompeoning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Pompeoni 2018-yilning martida Donald Tramp davlat kotibi lavozimiga tavsiya qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Xaspel MRBdagi faoliyati davomida 1990-yillarda Rossiya va Markaziy Osiyoda ishlagan. 2000-yillarning boshida MRBning Tailanddagi maxfiy qamoqxonasi rahbari bo‘lgan. 2002-yili Xaspel maxfiy qamoqxonada terrorizmda gumon qilingan ikki shaxs qiynoqqa tutilishini kuzatgan va buni tasdiqlovchi videokassetalar yo‘q qilinishida ishtirok etgan.
Jina Xaspel — Markaziy razvedka boshqarmasining birinchi ayol rahbari.
Izoh (0)