Galileo zondi tomonidan 1997-yilda yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlili olimlarga Yupiterning yo‘ldoshi bo‘lgan Yevropada faol geyzerlar mavjudligining navbatdagi isbotini topishga yordam berdi. Bu uning suvlaridagi hayotni izlashni osonlashtiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Olimlar faol geyzerlar borligini aniqlash uchun nima sababdan 20 yil ketganini tushuntirgan. Unga ko‘ra, Galileo jamoasi shunchaki geyzerlarni ko‘rish haqida o‘ylamagan va ularning izlarini qidirmagan. Bundan tashqari, geyzerlarni aniqlash murakkab kompyuter modelli hisob-kitoblarni talab qilgan, 1997-yilda esa ularni tuzishning imkoni bo‘lmagan.
Yupiterning eng yirik to‘rtta yo‘ldoshidan biri bo‘lgan Yevropada ko‘p kilometrli muz qatlami ostida suyuq suv okeani mavjud. Olimlar Yevropa okeani Yerdan tashqaridagi hayotning haqiqiy manbalaridan biri deb hisoblamoqda. So‘nggi yillarda astronomlarning aniqlashicha, bu okeanda yuzadagi muz gaz va minerallar bilan almashinib turadi, shuningdek, unda mikroblarning yashashi uchun zarur bo‘lgan moddalar ham mavjud.
Izoh (0)