Yevropaning Sentinel-3B masofadan turib zondlash sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan Yerning ilk suratlari EKA (Yevropa kosmik agentligi) saytida e’lon qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Suratlarda Antarktidada quyoshning botayotgani, arktika muzliklari va Yevropa qit’asining shimoliy qismlari tasvirlangan.
“Dastlabki suratlar yangi qurilma hayot sharoitlarini yaxshilash, iqtisodiyot darajasini yuksaltirish va sayyoramizni himoya qilish uchun atrof-muhit ahvoli haqida yuqori sifatli ma’lumotlarni yaratishda qanday rol o‘ynashi ko‘rsatib berdi”, — deydi EKA dasturi direktori Yozef Ashbaxer.
Izoh (0)