Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tgan “Yevrovideniye—2018” xalqaro qo‘shiq tanlovi finalida Isroil vakili Netta Toy (O‘yinchoq) nomli qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, isroillik xonanda o‘zining asosiy raqobatchisi kiprlik Eleni Fureyrani qariyb 100 ta ovozga ortda qoldirdi. G‘olib qo‘shiq YouTube’da 25 million martadan ko‘proq tomosha qilindi.
Izoh (0)