Kann xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan milliy pavilyonda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Bu haqda Yosh kinoijodkorlar kengashining matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Festivalning to‘rtinchi kunida Italiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozog‘iston delegatsiyalari bilan muzokaralar olib borildi.
O‘zbekistonning PROlogue xalqaro kinofestivali hamda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Yevrosiyo xalqaro festivali o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. O‘zbek rejissori Yolqin To‘ychiyev Yevrosiyo kinofestivalining, Qozog‘iston xalq artisti Asanali Beshimov PROlogue festivalining hakamlar hay’atiga kiritildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi pavilyonga tashrif buyurgan mehmonlarga PROlogue xalqaro kinofestivali, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda film komissiyasi tomonidan tashkil etilgan kinoprokat markazi haqida axborot berib, xorijlik hamkasblar bilan tajriba almashdi.
Izoh (0)