Avval xabar berganimizdek, Fransiyada o‘z ishini boshlagan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida ilk bora “O‘zbekiston” pavilyoni tashkil etildi. O‘zA bu haqda fotolavhalar tayyorladi.
Dunyoning 58 ta mamlakati milliy pavilyonlari qatoridan joy olgan o‘zbek pavilyoni 8-may kuni o‘z eshiklarini dunyoning barcha mamlakatlaridan tashrif buyurgan kino vakillariga ochdi.
Milliy pavilyon O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi.
Izoh (0)