Toshkent shahar hokimligining buyrug‘i asosida endi poytaxtimizda qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mir va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan barcha obyektlar atrofi yagona standartlardagi oq baner bilan o‘ralgan holda, unda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot keltiriladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
“Ya’ni qanday obyekt, nomi nima, loyihasi, maydoni qanday, bino va inshootlar qanaqa ko‘rinishda bo‘ladi, bunyodkorlik qachon boshlangan va ishlar qanchada yakun topadi. Bu bilan birinchi navbatda turli obyektlarni istalgancha to‘siqlar bilan o‘rashning oldi olingan, ikkinchi jihatdan shahardagi o‘zgarish va yangilanishlardan poytaxt ahli va mehmonlarni xabardor qilishga erishiladi.
Shuni ham qayd etish kerakki, endi amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik tadbirlari ham mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olinadi va shahrimiz yanada go‘zal hamda obod bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan barcha chora tadbirlar ko‘riladi”, —deyiladi xabarda.
Izoh (0)