Bir nafar farzandning onasi B.Isayeva o‘ziga nopok ishni kasb qildi va odam savdosi jinoyatiga qo‘l urdi, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”.
“Qariyb o‘n yil davom etgan uning bu jinoiy faoliyatiga sheriklari M.Kamolova, Sh.Nurillayev, S.Nurillayev, M.Rahmonova va N.Mamarahimovalar yaqindan ko‘mak berdi. Bu jinoiy guruh ayollarni aldov yo‘li bilan Tailand davlatiga olib borib, majburan fohishalik bilan shug‘ullantirgan va shu orqali moddiy boylik orttirgan”, — deyiladi xabarda.
B.Isayevaga yo‘l va turar joy xarajatlari bilan ta’minlaganligi uchun 8—10 ming AQSh dollaridan ishlab berib, so‘ngra o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlaganliklarini tasdiqlagan.
“Sudlanuvchi B.Isayeva ochiq sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, haqiqatan ham 2006-yildan boshlab Tailand davlatining Bangkok shahriga ishlash uchun borib kelganligini tasdiqladi. 2007—2008-yillarda o‘ziga Bangkok shahridan ijaraga xonadon olganligini va bu uyda O‘zbekiston Respublikasidan kelgan qizlarni ijaraga qo‘yganligini, ularga bu yerda fohishalik bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratib berganligini tan oldi”, — deyiladi xabarda.
B.Isayeva hamda uning jinoiy sheriklariga sud hukmi bilan qonuniy jazo tayinlandi.
Izoh (0)