O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali Ramazon oyi munosabati bilan “Qur’oni karim ma’rifati” nomli yangi ko‘rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berishlaricha, hozirda ushbu ko‘rsatuvni tasvirga olish jarayonlari jadal davom etmoqda. Ko‘rsatuv O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
“Ushbu ko‘rsatuvni bir oy — Ramazon davomida har kun saharlik va iftorlik paytida tomosha qilish mumkin bo‘ladi”, — deyiladi diniy idora axborotida.
Izoh (0)