• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Surxondaryoda amakivachchalar bilan jinsiy aloqa qilgan qiz o‘z bolasini o‘ldirdi. Endi uning ozodligi ikki yilga cheklanadi

    4-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudi, Qiziriq tumani pedagogika kolleji binosida, ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazdi. B.Mamadaminov raisligidagi sudda yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirib, kanalga tashlab yuborgan kollej o‘quvchisi N.T.ning ishi ko‘rib chiqildi. Sudning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, kollej o‘quvchisi Jinoyat kodeksining 99-moddasi (Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi) bilan ayblangandi.

    Sudlanuvchi N.T. 1999-yil 6-may kuni Qiziriq tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti o‘rta, turmushga chiqmagan, muqaddam sudlanmagan, Qiziriq pedagogika kollejining 2-bosqich talabasi.

    N.T.ning so‘zlariga ko‘ra, u 2016-yil noyabr oyida Sherobod tumanida yashovchi O‘.B. bilan tanishib, u bilan doimiy telefonda gaplashib yurgan. 2017-yil mart oyi oxirlarida yarim tunga yaqin N.T. yashovchi uyda ular uchrashgan va ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqada bo‘lgan. Bu holat ikki oydan so‘ng yana takrorlangan. May oyida N.T. O‘.B.ning amakivachchasi A.B. bilan tanishgan. A.B.ning so‘zlariga ko‘ra, may oyining o‘rtalarida va iyun oyining boshida u ikki bor N.T. bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. O‘.B. N.T. amakivachchasi bilan uchrashib yurganidan xabar topgach, qiz bilan gaplashmay qo‘yadi.

    Qiz homiladorligini sezib qolgach, 2017-yil dekabrida A.B.ga telefon qilib, homiladorligini aytadi. A.B. bola o‘zidan bo‘lganini tan olmaydi va N.T.ning amakivachchasi O‘.B. bilan uchrashganini eslatib qo‘yadi. Homila kattalashavergach, qiz amakivachchalarga yana telefon qiladi va homilani tushirish uchun uni Sheroboddagi kasalxonada UZIga tushirishlarini so‘raydi. 2018 yil yanvarida O‘.B va A.B. Sheroboddagi kasalxonada N.T.ni UZI apparatiga tushiradi. Tekshiruv homila 6 oylik bo‘lganini ko‘rsatgan. Shifokor ularga homila kattaligi, uning tug‘ilishiga oz qolgani uchun abort qilishning imkoni yo‘qligini aytadi. Yigitlar qizni o‘z mahallasiga olib borib qo‘yib, “Biz seni tanimaymiz” deb ketadi va N.T. bilan ortiq gaplashmaydi. Qiz homiladorligini oilasi va boshqalardan yashirish uchun uyida va kollejda qalin kiyinib yuradi.

    N.T. 28-fevral kuni soat 9:00 larda qattiq og‘riq his qilib, o‘zi yotadigan xonada baqira boshlaydi. Xonaga kirgan onasiga hamma joyi og‘riyotganini aytadi. Onasi unga og‘riq qoldiradigan dori berib chiqib ketadi. N.T.da og‘riq kuchayib, tug‘ruq boshlanadi. U hech kimning yordamisiz o‘g‘il bola chaqaloqni dunyoga keltiradi. Chaqaloqning kindigini qo‘li bilan uzib oladi. Birov bola tug‘ilganini bilib qolmasdan bolani o‘ldirish fikri paydo bo‘ladi. Qizil rangli lozimining yarmini yirtib, mato yordamida bolani bo‘g‘ib o‘ldiradi. Keyin o‘ldirgan chaqalog‘ini suv oqizib ketishi uchun uyi yonidagi jarlikdagi ko‘lga otib yuboradi. So‘ng uyiga borib hech narsa bo‘lmaganday uxlaydi.

    7-mart kuni shu mahallada yashovchi A.R. baliq ovlash maqsadida ko‘lga baliq ovlash uchun kelganida 3—4 metrlar uzoqlikdagi chaqaloq murdasini ko‘rib qoladi. Qarmoq yordamida chaqaloq murdasini tortib oladi. Chaqaloq kindigi kesilmagan, bo‘ynida bo‘g‘ib bog‘langan mato bo‘lagi bo‘lgan holatda edi. A.R. zudlik bilan tuman IIBga xabar qildi.

    Surxondaryo viloyat STEBning 7-martdagi 44-sonli xulosasida, erkak jinsiga mansub chaqaloqning o‘limi bo‘yin a’zolari va yuqori nafas yo‘llarining o‘tmas yumshoq jism bilan siqilishidan keyingi mexanik asfiksiya, kindikning yo‘ldoshdan noto‘g‘ri ajratilganligi, ichki a’zolarining venoz to‘laqonligi, taloqning kamqonligi, plevra varaqlari va yurak epikardi ostiga mayda nuqtali qon quyilishlari, o‘pka va miya shishi natijasida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

    O‘.B., A.B. va qizning onasi G.O. N.T. o‘g‘il farzand tug‘ib, keyin uni o‘ldirib, ko‘lga tashlab yuborganini IIBga chaqirilganidan so‘ng xabar topgan. G.O. qizi qachon va kimdan homilador bo‘lib qolganini bilmasligi, bolani dunyoga keltirib, keyin uni o‘ldirganidan ham bexabar bo‘lganini ma’lum qilgan. N.T.ning onasi qizining lozimining ikkinchi bo‘lagini tergovga taqdim qildi.

    12-mart kuni IIV saytida N.T. sodir etgan jinoyat va uning qo‘lga olinganligi haqida xabar chop etildi.

    Sudda N.T. sharmanda bo‘lishidan uyalib, ushbu ishni qilganligi, qilmishidan pushaymonligi va yoshini inobatga olib, qonunda belgilangan yengillik berishni so‘radi.

    Sud, sudlanuvchi N.T.ga nisbatan jazo turi va miqdorini belgilashda uning aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, yoshini va ayol kishi ekanligi jazoni yengillashtiruvchi holatlar, jinoyat ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan sodir etilganligi og‘irlashtiruvchi holat deb topib, sudlanuvchining shaxsini, sodir qilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, jinoyatni sodir qilgunga qadar va undan keyingi xulq-atvorini hamda keng jamoatchilikning fikrlarini e’tiborga olib, unga qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni, shuning bilan birgalikda uning zimmasiga qo‘shimcha taqiqlarni yuklashni lozim topdi.

    N.T.ga sutkaning soat 18:00 dan 07:00 gacha yashash joyidan chiqishi cheklangan holda 2 (ikki) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning kafe, restoran va boshqa bu kabi ovqatlanish maskanlariga borishi, Qiziriq tumani hududidan chiqib ketishi, nazorat qiluvchi organning ruxsatisiz yashash va ish joylarini o‘zgartirishi taqiqlandi.

    Sud hukmida hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng Surxondaryo viloyat prokuraturasining depozit hisob raqamiga topshirilgan N.T.ning 6 million so‘m garov pul mablag‘lari onasiga qaytarilishi, Surxondaryo viloyat prokuraturasining ashyoviy dalilarni saqlash xonasida saqlanayotgan qizil rangli ayollar lozimining bir bo‘lagi, G.O. tomonidan taqdim etilgan ikkinchi mato bo‘lagi va xonadondan olingan ko‘rpacha tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilab qo‘yildi.

    12.05.2018, 20:54   Izoh (0)   373996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligi tomonidan TATU Maxsus fakulteti talabalarining ixtirochilik ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi

    12.05.2018, 20:08

    General Jozef Votel AQSh prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini Shavkat Mirziyoyevga yetkazdi

    12.05.2018, 18:24

    Shuhrat Otamuhamedov Toshkentning Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi

    12.05.2018, 17:36

    O‘zbekistonga Germaniya kompaniya va banklarining 70 dan ortiq vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi

    12.05.2018, 17:21

    Sergeliga Nozim Husanov hokim etib tayinlandi

    12.05.2018, 17:04

    Jahon hamjamiyati O‘zbekistonning majburiy mehnatga chek qo‘yish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi

    12.05.2018, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ”Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ygani ma’qul” — isroillik ravvin

    Dunyo | 10 avgust, 18:55

    Saudiya Arabistoni “Hizbulloh” omborini ko‘zdan kechirish vaqti portlab ketgan Livan harbiylariga hamdardlik bildirdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:40

    Xitoy amaldorlar uchun yig‘ilish va hisobotlarga qat’iy cheklov kiritdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:15

    Zelenskiy Qozog‘iston prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

    Dunyo | 10 avgust, 17:45

    Toshkentda qurilish ishlari elektr energiyaga talabni oldindan inobatga olib amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 17:10

    Sanksiyalar Rossiya aviatsiyasini falajladi: bir yilda faqat bitta samolyot ishlab chiqarilgan

    Dunyo | 10 avgust, 16:40

    “Tog‘lik kuyov” filmi orqali tanilgan aktor va kaskadyor Yo‘lchi Ortiqov 51 yoshida vafot etdi

    Madaniyat | 10 avgust, 16:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.