Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida Qishloqazon mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola chaqaloqning bo‘yniga mato bog‘langan holdagi jasadi topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqning onasi aniqlandi. U Qiziriq tumanida yashovchi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi N.T. bo‘lib chiqdi.
2018-yil 28-fevral kuni N.T. uyida tug‘ib, hech kimga bildirmay, kiyimi bilan chaqaloqni bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ng jasadni kanalga tashlab yubordi.
Hozirda kollej o‘quvchisi qo‘lga olingan.
Izoh (0)