Myanma shimolida kamida 19 kishi isyonchilar hujumi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Channel News Asia telekanalining xabar berishicha, isyonchilar hujumi 12-may, shanba kuni tongda, mamlakatning Xitoy bilan chegarasi yaqinidagi hududda yuz bergan.
Halok bo‘lganlar orasida Myanma xavfsizlik kuchlarining to‘rt nafar vakili ham bor.
Ma’lumot uchun, Myanmada hukumat harbiylari va keng muxtoriyat vakolatlarini yoki Myanmadan ajralib chiqishni talab qilayotgan qurollangan etnik guruhlar o‘rtasidagi nizo hamon davom etmoqda.
“RIA Novosti”ning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Xitoy bilan chegara yaqinidagi hududda vaziyat ayniqsa chigallashgan.
Izoh (0)