Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 11-may kuni soat taxminan 10:00 atrofida Qarshi tumani Beshkent shahridagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi holati yuz bergan.
“Uy bekasi R.N. uyining oshxonasida gugurt yoqqan vaqtida gaz ballonidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan”, — deyiladi IIV axborotida.
Qayd etishlaricha, hodisa oqibatida uy bekasi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)