AQShning Kaliforniya shtatidagi Palmdeyl shahrida birdaniga ikkita maktabda otishma yuz bergan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, maktab o‘quvchilari Xaylend oliy maktabiga qurolli hujum uyushtirilgani haqida Twitter’ga xabarlar joylashtirgan. Politsiya voqea joyida ishlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, kamida bir kishi jarohatlangan, bir kishi qo‘lga olingan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.
Keyinroq esa Manzanita boshlang‘ich maktabida yuz bergan otishma haqida xabar berilgan. Sherif departamenti u yerda o‘q ovozlari eshtilganini tasdiqlagan.
Izoh (0)