Rossiyaning Orenburg shahrida 10-may kuni o‘zbekistonlik mahbus Otabek Allaberganov jazoni o‘tash koloniyasidan qochib ketdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Muassasa navbatchisi tomonidan 10-may kuni Otabek Allaberganovning koloniyada yo‘qligi aniqlangan.
Mahbus qasddan sog‘liqqa zarar yetkazish aybi bilan sud tomonidan bir yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Qamoqqa olingunga qadar u Orenburgda yashagan.
Izoh (0)