Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining yuzni tanib olish bo‘yicha 3D-texnologiyaga ega birinchi Android-smartfonini shu oy oxirida taqdim etishi mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Mi 7 ekran tepasidagi “qosh”ga ega bo‘ladi hamda yuzni tanib olish bo‘yicha 3D-texnologiya, displey ostidagi barmoq izi skaneri va simsiz quvvat olish kabi kengaytirilgan funksiyalar bilan jihozlanadi.
Shuningdek, flagmanga 5,65 dyuymli OLED-displey o‘rnatiladi, uning kattaroq varianti — Mi 7 Plus 6,01 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Gadjet Snapdragon 845 chipseti va 6 Gb tezkor xotira bilan jihozlanadi. Ular bilan bir vaqtda taqdim etiladigan Mi Band 3 brasleti esa sensorli displey, imo-ishoralarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi va NFC texnologiyasiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)