Nokia kompaniyasi o‘zining yangi Nokia X smartfoni taqdimotini 16-mayga belgiladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Weibo ijtimoiy tarmog‘iga Nokia X smartfonining rasmiy reklama banneri joylandi.
Reklamadagi tasvirda Nokia’ning ekrani tepasidagi “qosh”ni, shisha orqa paneli va metall romini, orqa paneldagi qo‘sh kamerasini ko‘rish mumkin.
Hozircha Nokia X 5,8 dyuymli Full HD+ ekranga ega bo‘lishi ma’lum. Smartfon Helio P60 protsessorida ishlaydi, 4 Gb tezkor xotirasi bo‘ladi.
Izoh (0)