Faqat bodring sotiladigan dunyodagi birinchi do‘kon The Cucumber Concept Store deb nomlandi. U Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida ochildi. Bu haqda “RIA novosti” xabar berdi.
Do‘konni ochishdan ko‘zlangan maqsad Yevropa Ittifoqidagi bodringlar bilan bog‘liq muammolarga urg‘u berish hisoblanadi. Ittifoqda sabzavotning savdosi o‘ta qat’iy me’yorlar bilan tartibga solinadi.
Shuningdek, g‘oya mualliflari odamlarga yaxshi kayfiyat ulashishni ham maqsad qilgan.
Izoh (0)