Avstraliyada dunyodagi opallar (bezak buyumlariga ishlatiladigan mineral) poytaxti nomi bilan mashhur Kuber-Pedi shaharchasi bor. Shaharchada eng boy kon joylashgan bo‘lib, butun dunyodagi zaxiraning taxminan 30 foizi shu yerda to‘plangan, deb yozadi TravelAsk.
Shahar Avstraliya cho‘lining janubiy qismida joylashgani uchun yozda soyadagi harorat 40 darajadan oshadi. Bunday issiqqa chidash uchun mahalliy aholi o‘z uylarini yer ostida qurgan.
Izoh (0)