Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Pyaterochka” do‘konida ishlagan o‘zbekistonlik ayol mahsulotlarni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. U do‘kondagi mahsulotlarni xaridorlarga bepul berib yuborgan, bir qismini esa o‘zi olgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Do‘kon rahbariyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Arizachilarning ma’lumotlariga ko‘ra, ayol mahsulotlarni o‘z qarindoshlariga berib yuborgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u mahsulotlarni qarindoshlariga emas, balki unga noma’lum bo‘lgan xaridorlarga, rahmi kelganidan berib yuborgan. 15—30-aprel kunlari kassir ayol puli bo‘lmagan keksa kishilarga mahsulotlarni kassadan o‘tkazmasdan bergan.
Shuningdek, u mahsulotlardan o‘zi uchun ham olganini tan olgan.
Izoh (0)