O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi kamaymoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.
Joriy yilning yanvar—aprel oylarida mamlakatda 249,7 ming tonna neft qazib olingan, bu 2017-yilning xuddi shu davrida nisbatan 9,8 foziga kam (276,8 ming tonna) demakdir.
“Yanvar—mart” davridan farqli o‘laroq ko‘mir qazib olish ham qisqargan — 0,8 foziga (1,25 million tonna, 2017-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1,26 million tonnaga teng bo‘lgan).
Tabiiy gaz ishlab chiqarish esa 6,7 foizga o‘sgan (2017-yilning yanvar—aprel davrida 18 278,8 million metr kub tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yilda 19 510 million metr kubni tashkil etgan.
Gaz kondensatini ishlab chiqarish esa 20,3 foziga o‘sgan (712,8 million tonna).
Izoh (0)