“Nuroniy otaxon faxriylar, o‘quvchi yoshlar armiyada” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan 81416-harbiy qismiga nuroniy mehnat faxriylari va o‘quvchi yoshlar ekskursiyasi tashkil qilindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tadbirda Nuroniy jamg‘armasi raisi Q.Qalenderov, 5 nafar nuroniy otaxon, Nukus shahrida joylashgan 44-o‘rta umumta’lim maktabi, Xo‘jayli tumani 15-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Nukus shahar kengashi raisi Aziz Pirjanovlar ishtirok etdi.
Dastlab o‘quvchilar bilan nuroniy otaxonlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining irodasi, matonati, g‘alaba uchun qo‘shgan hissalari hamda hozirgi tinchlik va xotirjamlik davri to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirning ikkinchi qismida o‘quvchi yoshlar harbiy qismda tashkil qilingan o‘quv joylariga bo‘lindi va qurol-yarog‘, harbiy texnikalar, maxsus anjomlar hamda turli vaziyatlarda qo‘llaniladigan aslahalar bilan tanishtirildi.
Harbiy qismga tashrif buyurgan mehnat faxriylari bilan bir piyola choy ustida suhbat o‘tkazildi va ularga sovg‘a-salom ulashildi.
Izoh (0)