• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalistni sarson qilishmoqda: Boisi qonunchilikni bilmaslikmi yo mensimaslik?

    “Qashqadaryo ziyokori” gazetasida jurnalist Otabek Qo‘ldoshevning mansabdor shaxslarning amaldagi qonunchilikni yaxshi bilmasligi va jurnalistlarga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishi haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida ushbu maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ilgari ahyon-ahyonda qulog‘imizga chalinadigan bir gapni bugun deyarli har kuni eshityapmiz.“Jurnalist sifatida axborot olish uchun falon tashkilotga borganimda buyrug‘im bor-yo‘qligi-yu, tashkilotga kirishga qanchalik haqqim borligi bilan qiziqishdi”. To‘g‘risi, eshitib taajjublanardik. O‘zimiz ham shu ahvolga tushgunga qadar...Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va sohadagi yangilanishlarni ommalashtirish maqsadida navbatdagi xizmat safari bilan Shahrisabzga yo‘l oldik. Shahrisabz tuman Xalq ta’limi bo‘limiga borib, mudir Shuhrat Ro‘ziyevning qabuliga kirdik. Odatdagi salom-alikdan so‘ng bo‘lim mudiriga maqsadimizni bayon qildik.

    “Bugun ertalabdan barcha ishlarimizni rejalashtirib, xodimlarni topshiriq bilan jo‘natganman. Ish uslubim shunaqa. Hozir ularni qaytib chaqirib ololmayman, — degan bo‘lim mudirining gapini eshitib, albatta hurmatimiz oshdi.

    Bemavrid kelganimizdan hijolat ham bo‘ldik. Mudir janoblari “qovun tushirmaguncha”, albatta. Bo‘lim mudirining “Keyingi safar boshqarmamiz boshlig‘idan buyruq olib keling, — degan gapi u haqidagi barcha fikrlarim o‘zgarishiga sabab bo‘lib, rahbar respublika qonunlarini bilmaydi yoki mensimayapti degan savol tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Azbaroyi bu haqda eshitmaganim uchunmi, bo‘lim mudiridan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i OAVga qanday buyruq berishi bilan qiziqdim-u, hamma tomoshaga guvoh bo‘lib qoldim-da. Siz 5 daqiqa chiqib turing, men boshqarma bilan gaplashib qanday buyruq kerakligini bilib beraman, degan suhbatdoshimizni naq 20 daqiqa poyladik.So‘ngra yoniga kirgach, uning “uzr men sizlarni boshqa gazetaga almashtiribman, sizlar boshqa gazeta ekansizlar”, degan gapi dard ustiga chipqon bo‘ldi. Nahotki, tumanda nufusi jihatidan keng qamrovga ega bo‘lgan tashkilot rahbari gazetalarning farqiga bormasa. Ommaviy axborot vositalarini shu tahlid bir-biridan ayro ko‘rsa?

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilab qo‘yilgan Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlashini, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi”gi Qonunlarimizni aqalli eshitmagan bo‘lsa-ya? To‘g‘risi, bo‘lim mudirining bu kabi qonunlarimizni bilmasligidan zarracha ham ajablanmadim. Nega deysizmi? Boisi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi rahbari davlat Konstitutsiyasining har kim bepul bilim olish huquqiga ega ekanligini anglatuvchi 41-moddasini ham bilmagach, “qo‘limni yuvib qo‘ltig‘imga urdim”. Tuman XTB vakillariga  jurnalistik faoliyatimiz xususida tushuntirib ulgurmasimizdan, ijodiy jamoamizni tuman hokimligidan hokim o‘rinbosari Bekzod Nazarov ham yo‘qlab qoldi.

    Xayriyat, bizni tushunadigan kishilar ham bor ekan, deya tuman hokimligi tomon oshiqdik. Tuman hokimligi vakillari OAV qonunchiligidan yaxshi xabardordir desak, “chuchvarani xom sanagan ekanmiz”. Aslida yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilibmiz.“Siz, bizning tumanimizga kirishingizdan oldin viloyat hokimligining mutasaddi rahbarlaridan buyruq olib kelishingiz kerak bo‘ladi, ana shundagina biz axborot olishingizga ruxsat beramiz, - deya ish faoliyatimizga e’tiroz bildirdi Bekzod Nazarov. Tushuntirishga qancha tirishmaylik, foydasi bo‘lmadi. Hokim o‘rinbosari namuna qilib ko‘rsatish uchun yordamchisiga “Dunyo bo‘ylab” telekanalining Navro‘z bayramini yoritish bo‘yicha kelgan burug‘ini izlashini buyurdi. Bir nimalarni qidirib ketgan yordamchi bir zum to‘xtab, nimani so‘rayotganimiz bilan qiziqdi. Buyruq haqida eshitgach, bunday buyruq ularga kelmaganligini, viloyat hokimligidan tavsiya xati borligini aytib qoldi. Ammo shuni ham ko‘rsatolmadi. Qiziq, tuman hokimining o‘rinbosari buyruq va xatning farqiga bormayaptimi? Viloyat hokimligining matbuot xizmati bilan bog‘lanib, tuman hokimligining talabi haqida ham bildirdik. Matbuot xizmati vakili bu borada ularning talabi o‘rinsiz ekanligi aytgach, yana Bekzod Nazarovning qabuliga kirdik. Bu safar hokim o‘rinbosari buyruq emas, xatni so‘rayotganligini aytib qoldi.

    Foto: “Qashqadaryo ziyokori”

    Foto: “Qashqadaryo ziyokori”

    Ajabo. Emishki, har bir OAVga viloyat hokimi o‘rinbosarlari yoki shu sohaga dahldor vakillari o‘rganishi mumkinligi xususida xat berishi kerak ekan. Mana sizga tuman mutasaddisining tushunchasi, saviyasi...

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi? Tuman hokimi o‘rinbosari Bekzod Nazarov va tuman XTB mudiri Shuhrat Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlaridan bexabarmi yoki mensimaydimi? Agar bilsa yoki xabardor bo‘lsa nega jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qiladi? Nega uni ovora qilib, uni olib kel buni olib kel deya sarson-sargardon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Biz o‘sha kuni ijodiy jamoamiz bilan ertalab soat 09:00 dan 15:00 qadar shu masalada mutasaddi rahbarlar eshigi tagida sarg‘aydik. Mutasaddilardan “ruxsat tekkach”, taqiqning sabablaridan birini bilgandek ham bo‘ldik.

    Tumandagi 28-umumta’lim maktabida tuman XTBning ikki nafar vakili Olim Aliqulov va Dadaxon Negmatov bilan birgalikda maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Toshkan Chorshanbiyevning 3-sinf o‘quvchilariga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda dars o‘tayotganiga guvoh bo‘ldik. Bo‘lim mudiriga bu haqda bildirib, o‘zi ko‘rib guvohi bo‘lishi mumkinligini aytdik.

    Voqeaga tuman XTB kadrlar bo‘limi yo‘riqchisi No‘mon To‘rayev guvoh bo‘ldi va bu haqda tez orada chora ko‘rishlarini bildirib, tahririyatga ham ma’lum qilajagini aytdi. Biroq XTB mas’ullari oradan qariyb bir oyga yaqin muddat o‘tsa-da, sukut saqlashni lozim topishmoqda. Aslida XTB mudiri va tuman hokimi o‘rinbosari OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilib, shu kabi illatlarning ildiz otishiga zamin yaratib bermayaptimikin? Balki, shuning uchun ham bugungi kunda jamiyatimizda jinoyatchilik avj olayotgandir. O‘ylaymizki, ushbu holatga Shahrisabz tuman hokimi hamda viloyat hokimligi mas’llari munosabat bildirishadi. Va ko‘plab jurnalistlarni qiynab kelayotgan muammoga yechim topiladi. Biz esa har doimgidek kutamiz va kuzatamiz...

    03.05.2018, 13:56   Izoh (0)   16282
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligi va Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    03.05.2018, 13:45

    Samarqandda qaynota kuyovini o‘lasi qilib kaltakladi

    03.05.2018, 13:33

    Ko‘p qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladimi?

    03.05.2018, 12:50

    8-may kuni Turin politexnika universitetida blokcheyn-sammiti bo‘lib o‘tadi

    03.05.2018, 12:27

    Farg‘onada Central festival savdo-ko‘ngilochar markazi foydalanishga topshirildi (foto)

    03.05.2018, 12:05

    Sobir Rahimov haykali yana eski joyiga ko‘chiriladigan bo‘ldi

    03.05.2018, 11:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainada urush natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni so‘nggi 3 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi — BMT

    Dunyo | 14 avgust, 22:10

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.