21-aprel kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida “Osiyo go‘zali — 2018” III go‘zallik tanlovining Vladivostok bosqichi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Vladtime.ru”.
Tanlovda qirg‘iz, xitoy, koreys, o‘zbek va ozarbayjon millatiga mansub jami 12 qiz qatnashdi. Ular defilega chiqdi, umumiy raqs ijro etdi va yakka tartibda o‘z badiiy iste’dodlarini namoyish qildi. Yakunda hakamlar o‘zbekistonlik Shohsana Atkamovani g‘olib deb topdi. Endi u “Osiyo go‘zali — 2018” tanlovining Rossiya bosqichida qatnashadi.
Shohsana Vladivostok davlat iqtisodiyot va servis universitetining “Psixologiya” mutaxassisligi bo‘yicha 3-kurs talabasi. Tanlovda u turli liboslarni tantanali namoyish qila oldi, shuningdek, Maykl Jekson uslubida raqsga tushib berdi.
Izoh (0)