Liviya sohil xizmati 22-aprel kuni Italiyaga yetib olishga uringan 11 nafar muhojirning jasadini topdi va yana ikkita qayiqni ushlab qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Birinchi qayiqda bo‘lgan 80 kishi omon qolgan. Ular Sabrat shahrida topilgan, sohil xizmati ularni Zaviya shahriga qaytardi. Muhojirlar Afrikaning turli mamlakarlaridan ekanligi aytilmoqda.
Pokiston, Bangladesh va hindistonlik muhojirlar bo‘lgan ikkinchi qayiq Zliten shahri yaqinida qo‘lga olingan. Uning ichida 200 kishi, jumladan 38 nafar ayol va bir nafar yosh bola bo‘lgan.
Izoh (0)