Xitoyning Tebian Electric Apparatus Stock (TBEA) kompaniyasi Tojikistonga qo‘shni davlatlarga elektr energiyasini eksport qilishga ko‘maklashmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Jumladan, joriy yil mart oyida Panjikent shahrida “Ayniy-Rudakiy” 220 kilovattli elektr uzatish tarmog‘i va rekonstruksiya qilingan “Rudakiy” nimstansiyasining ishga tushirilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Rudakiy” nimstansiyasi orqali Samarqand viloyatiga elektr energiyasi yetkazib berish va qabul qilish imkoniyati mavjud.
“Avesto” axborot agentligining qayd etishicha, O‘zbekistonga janubiy yo‘nalishda elektr energiyasi uzatishni boshlagan Tojikiston endi shimoliy yo‘nalishda ham mazkur imkoniyatni o‘rganib chiqmoqda.
Izoh (0)