Shimoliy Koreya rasmiylari AQSh prezidenti Donald Trampni “telba” deb hisoblaydi. Bu haqda The Guardian o‘zining ismi oshkor qilinmagan koreyalik amaldor manbasiga tayanib ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘zaro uchrashuviga tayyorgalik ko‘rilmoqda. Uchrashuv may oxirida yoki iyun oyi boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Shimoliy Koreya rasmiylari Amerika hukumatidan farqli o‘laroq ikki mamlakat rahbarining o‘zaro suhbati uchun ketayotgan tayyorgarlikka hech qanday izoh bermadi.
Biroq ular o‘zlarining Trampga nisbatan munosabatini bildirib o‘tdi. Amaldorlardan biri Trampning BMTdagi chiqishida KXDRni “butunlay yo‘q qilib yuborish” borasidagi tahdidini yodga olib, uni “telba” deb atagan.
Izoh (0)