Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyevning Dneprovsk tumanida joylashgan dahalardan birida 21-aprel kuni ertalab portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kiyev politsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Kyiv.npu.gov.ua”

Foto: “Kyiv.npu.gov.ua”

“Noxush hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Voqea joyiga tegishli xizmat va tezkor tergov guruhi xodimlari yetib borgan”, — deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, 21-aprel, shanba kuni ertalab bir erkak politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Pojarskiy ko‘chasidagi uyda portlash ovozi eshitilganini ma’lum qilgan.

Chaqiruvga binoan yetib borgan idora vakillari tekshiruvni amalga oshirgan. Voqea joyidan qo‘lbola portlovchi qurilmaning detallari topilgan. Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, portlash ko‘p qavatli turar joy binolari yaqinida joylashgan sport maydonchasida sodir bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda