G‘azo sektori chegarasida Isroil armiyasi bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng, to‘rt nafar falastinlik halok bo‘ldi va yana 645 kishi jarohat oldi. Bu haqda G‘azo sektori sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Kedraning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzkorligi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni to‘rt kishiga yetdi, xususan, ular orasida voyaga yetmagan bolakay ham bor. Shuningdek, 645 kishi jarohat olgan”, — deydi Ashraf al-Kedra.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 124 kishi jangovar o‘qlar oqibatida jarohat olgan bo‘lib, hozirda ularning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Izoh (0)