18-aprel kuni Kuba tarixida ulkan o‘zgarish yuz berdi. Mamlakatning Milliy assambleyasi prezident Raul Kastro o‘rniga davlat kengashi va Vazirlar kengashining raisi 57 yoshli Migel Dias-Kanelni sayladi. Shu tariqa inqilobiy Kuba tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan Kastrolar davri o‘z nihoyasiga yetdi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Inqilobda ishtirok etgan bo‘lsa ham, Raul har doim akasi Fidel Kastroning soyasida qolib ketgan. Fidel iste’foga chiqqach, Raul ehtiyotlik bilan mamlakatda o‘zgarishlarni boshlagan.
Aynan u AQSh bilan diplomatik munosabatlarni qayta tikladi va o‘n yillik tanaffusdan so‘ng AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani Kubada qabul qildi. Raul o‘z lavozimidan to‘liq ketmaydi — u Kuba kommunistik partiyasining rahbari bo‘lib qoladi va agar kerak bo‘lsa, o‘z izdoshiga ko‘rsatmalar beradi.
Izoh (0)