Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida o‘smir bola maktabga hujum uyushtirishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Jinoyat ishi Rossiya jinoyat kodeksining 105-moddasining (ikki yoki undan ko‘p kishining hayotiga suiqasd qilish) bir nechta qismiga asosan qo‘zg‘atilgan.
18-aprel kuni erta tongda o‘smir yigit maktabga bostirib kirib, pichoq bilan o‘quvchi va o‘qituvchilarga hamla qilgan.
Hujum oqibatida to‘rt kishi jabrlangan.
Izoh (0)