Rossiyaning Novosibirsk viloyatida yuk poyezdi va teplovoz to‘qnashdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida ko‘mir yuklangan 9 ta vagon izdan chiqib ketgani, mashinistlardan biri jabrlangani va kasalxonaga yotqizilgani bildirilmoqda.
Voqea joyiga tezkor guruhlar va yordamchi poyezd jo‘natildi. Tergovchilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)