Suriya mudofaa vazirligi armiya ixtiyoridagi havo hujumidan mudofaaning eng yangi vositalarini namoyish etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Namunalar orasida rus uchirish moduli “Strelets” namoyish etilgan. U yer, havo va suvdagi eltuvchisiga ega bo‘lgan “Igla” yoki “Igla-S” raketalarini uchirish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, rolikda “Pansir-S” raketa uchirish kompleksi, “Buk-M2E” zenit raketa kompleksi va havo hujumidan mudofaaning boshqa namunalari ko‘rsatilgan.
Izoh (0)