Rossiyada bloklana boshlagan Telegram messenjeri O‘zbekistonda ham ishlamay qoldi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida foydalanuvchilar messenjerning ishlamayotganidan shikoyat qildi.
Kecha, 16-aprel kuni provayderlar Rossiya hududida Telegram messenjerini blokirovka qilishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
16-apreldan 17-aprelga o‘tar kechasi Pavel Durovning jamoasi Telegram’ning rossiyalik foydalanuvchilariga servisdan VPN va proksini qo‘llamasdan foydalanish imkonini beruvchi yangilanishni ishga tushirdi.
Telegram’ning blokirovka qilinishi sababli rossiyaliklarning hayot sifati yomonlashadi, terrorizmning ustidan esa g‘olib chiqib bo‘lmaydi, deya ma’lum qilgan Telegram asoschisi Pavel Durov.
Izoh (0)