Qozog‘istonning Olmaota viloyatida sud yosh bolaga azob bergan enagani uch yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozadi Sputnik.
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, oilaga enaga bo‘lib ishga kirgan o‘zbekistonlik ayol uch yoshli go‘dakni har kuni kaltaklagan.
Ota-ona uyda yo‘q vaqtida nimalar sodir bo‘layotgani haqida bolaning onasi uyga o‘rnatilgan videokameralar orqali xabar topdi. Sud-tibbiyot ekspertizasi enaga bolani to‘mtoq buyum bilan urganini aniqladi. Keyinroq ayolga kameradan olingan videoyozuvlar ko‘rsatilgach, u o‘z qilmishlariga iqror bo‘ldi.
Olmaota viloyatidagi 2-sonli yuvenal sud hukmi bilan ayol jazoni o‘rtacha xavfsizlikdagi jinoyat-ijro tizimi muassasasida o‘tash sharti bilan uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudlanuvchi sud zalida hibsga olindi, jazoni o‘taganidan keyin uning besh yil davomida Qozog‘istonga kirishi taqiqlanadi.
Izoh (0)